2021-yil 10 –15-avgust
“Zakovat-Gambit”chempionatida qatnashish
istagidagi bo‘lgan barchani taklif etamiz.
Turnir saralash (2021-yil 10–11-avgust) va final
bosqichidan (2021-yil 14–15-avgust) iborat.
YUTUQ FONDI
610 000 000 SO‘M
“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashish uchun arizalar qabuli
2021-yil 7-avgust, 10:00da yakunlanadi.
SARALASH BOSQICHI
QOIDALARI
Turnirning saralash bosqichi 10–11-avgust
kunlari Toshkent vaqti bilan
19:00 da bo‘lib o‘tadi.
Turnirda reytingi va yoshidan qat’i nazar
faqat O‘zbekiston fuqarolari qatnashishlari mumkin.
Ayni damda turnirda ishtirok
etish uchun
00000
nafar talabgorlar ariza yubordi
Ro‘yxatdan o‘tish
Turnirda ishtirok etish uchun chess.com sayti talablariga
muvofiq ro‘yxatdan o’tib, “ZAKOVAT” shaxmat klubiga
qo‘shiling. Turnir “Standart” toifadagi quyidagi guruhlarda
o‘tkaziladi:
А guruh (ZAKOVAT–2400) – 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra,
2400 reytingga ega ishtirokchilar uchun; ro‘yxatdan
o‘tish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2400;
В guruh (ZAKOVAT–2200) – 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra,
2200dan 2399 reytinggacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun;
ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2200;
С guruh (ZAKOVAT–2000) – 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra,
2000dan 2199 reytinggacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun;
ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-2000;
D guruh (ZAKOVAT–1600) – 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra,
1600dan 1999 reytinggacha bo‘lgan ishtirokchilar va
reytingga ega bo‘lmagan sport ustasi bo‘lgan nomzodlar
uchun; ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-1600;
E guruh (ZAKOVAT–0-1599) – reytingga ega bo‘lmagan va
2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 1599 reytinggacha bo‘lgan
ishtirokchilar uchun; ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi
havola orqali o‘ting:
https://www.chess.com/club/zakovat-gambit-0-1599;
Musobaqaning har bir ishtirokchisi chess.com
saytida to‘liq ism-sharifiga mos keladigan rasmiy
loginga ega bo‘lishi lozim.
“Название игры”
21.04.2021
Название команды
Очки
Onlayn-turnir o‘tkazilish tartibi
Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar 1 soat ichida qo‘shimcha ravishda yuboriladigan havola
orqali musobaqaga qo‘shilishi kerak. Shuningdek, ilovada «o‘yin»-«turnirlar»-«kelgusi»-«ZAKOVAT
(toifalar bo‘yicha)» o‘tib mustaqil qo‘shilish mumkin. O‘yin chess.com platformasida
Toshkent vaqti bilan 19:00da avtomatik ravishda boshlanadi.
D va E guruhlari 2021-yil 10-avgust, 19:00 da o‘ynashadi.
A, B va C guruhlari 2021-yil 11-avgust, 19:00 da o‘ynashadi.
Onlayn turnirda ishtirok etishda istalgan brauzerdan foydalanish mumkin. Turnir davomida
har bir ishtirokchi internet aloqasi va tezligi hamda har qanday texnik nosozlik
uchun shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi.
“Zakovat-Gambit” shaxmat
chempionatining faxriy mehmonlari
Yudit Polgar
Venger shaxmatchisi,
grossmeyster.
Vishvanatan Anand
Hind shaxmatchisi,
grossmeyster.
Rustam Qosimjonov
Oʻzbek shaxmatchisi,
grossmeyster.
Timur Gareyev
Oʻzbekiston
va AQSh shaxmatchisi,
grossmeyster.
Gulruxbegim
Toxirjonova
Oʻzbek shaxmatchisi,
grossmeyster.
Qoidalar
Turnir onlayn rejimda, chess.com platformasida bo’lib, Shveysariya tizimi bo‘yicha
tartibga solingan 9 ta turda o‘tkaziladi. Vaqt nazorati: 3 daqiqa + birinchisidan boshlab
har bir yurish uchun 2 soniya.
Turnirga Antichit komissiyasi jalb etiladi. Yordam (chit)dan foydalangan ishtirokchi Komissiya qaroriga
ko‘ra, turnirdan chetlatilishi mumkin. Antichit komissiyasi qarorlari qat’iy bo’lib, shikoyatlar
qabul qilinmaydi.
Har bir guruhda birinchi 20 talikni egallagan ishtirokchilar, ya’ni jami 100 ta ishtirokchi 14–15-avgust
kunlari Toshkent shahridagi “O‘zbekfilm” kinostudiyasi pavilyonida bo‘lib o‘tadigan turnir finaliga
yo‘llanma oladi. Guruhlar to‘la shakllanmagan holatda tashkilotchi boshqa guruhlardan
ishtirokchilarni taklif qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Musobaqa tashkilotchilari ushbu
Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Sizning jamoa a’zolaringiz
Familiya Ism Sharif
Telefon
Yudit Polgar
Venger shaxmatchisi, grossmeyster.
Otasi bolaligidan shaxmat oʻyinini oʻrgatgan. Polgar 15 yoshida Robert Fisherning (yoshi boʻyicha) yutuqlarini ortda qoldirib, grossmeyster maqomiga ega boʻladi, yaʼni oʻsha davr uchun eng yosh grossmeyster boʻlgan.
90-yillar boshida Yudit jahonning yetakchi grossmeysterlari bilan tengma-teng kurashar edi. U 1991-yilda Vengriya chempioni, Gastings (1992-yil), Madrid (1994-yil), Xoogoven (1998, 2001, 2003-yillar) va Jakarta (2000-yil) turnirlarida gʻolib boʻlgan. 2003-yilda boʻlib oʻtgan Veyk-an-Zeydagi turnirda Yudit Polgar faqatgina Vishvanatan Anandni oʻtkazib, ikkinchi oʻrinni (13 ochkodan 8) egalladi.
1989-yildan boshlab Yudit shaxmatchilar reytingida yuqori oʻrinlarda turadi. U jahonning eng kuchli “erkak” shaxmatchilari oʻntaligiga kira olgan, shuningdek, supergrossmeyster reytingiga yetgan yagona ayol grossmeyster hisoblanadi.
Vishvanatan Anand
Hind shaxmatchisi, grossmeyster.
Anand shaxmat bilan olti yoshida tanishgan. Ilk ustozi onasi boʻlgan.
14 yoshida Hindiston yoshlar chempionatida birorta ham partiyada yutqazmasdan gʻolib boʻlgan. 15 yoshida esa xalqaro master unvoniga sazovor boʻladi. Shu oʻrinda, Anand ushbu nomga munosib topilgan hindlar orasida eng yoshi edi.
16 yoshida Anand Hindiston chempioni boʻlib, yana ikki yil davomida chempionlikni qoʻlga kiritdi. 1987-yilda ilk Hindiston va Osiyo vakili sifatida yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1988-yilda Anand birinchi hindistonlik xalqaro grossmeyster boʻldi.
FIDE boʻyicha jahon chempioni (2000-2002) va 15-jahon chempioni (2007-2013) hisoblanadi.
Rustam Qosimjonov
Oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster.
Shaxmat oʻynashga qiziqishi besh yoshidan paydo boʻlgan.
1994-yilda Rustam yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻlgan. 18 yoshida grossmeyster maqomiga ega boʻlgan. Shu yoshida ilk bor erkaklar oʻrtasida Osiyo chempionati gʻolibi boʻldi. 1999-yilda Yerevanda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda ikkinchi oʻrinni egallagan. Essen (2001-yil) va Pamplon (2002-yil) turnirlarida gʻolib boʻlgan.
2002-yildagi Haydarobod (Hindiston)dagi vakillik turnirida Qosimjonov Vishvanatan Anandni oldinga oʻtkazib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
2004-yilda Liviya poytaxti Tripolida FIDE jahon nokaut-chempionatida shov-shuvli gʻalabaga erishdi.
FIDE boʻyicha jahon chempioni hisoblanadi (2004-yil).
Timur Gareyev
Oʻzbekiston va AQSh shaxmatchisi, grossmeyster.
Timur shaxmatdagi qobiliyatlarini ancha erta namoyish etgan va 12 yoshidanoq Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. «16 yoshgacha» bolalar olimpiadalarida qatnashgan.
Kalkutta-2004 chempionatida Timur yoshlar jamoasida birinchi partiyadan oʻynagan va bunda Oʻzbekiston yoshlari jamoasi finishga uchinchi boʻlib kelgan.
Shu yilning oʻzida (16 yoshida) Gareyev grossmeyster boʻldi va ilk bor Butunjahon shaxmat chempionatida kattalar terma jamoasida mamlakat nomini himoya qilgan.
2013- yilda Timur AQSHdagi chempionatda ishtirok etdi va Gata Kamskiy hamda Aleksandr Ramiresga mag‘lub bo‘lib, Aleksandr Onishyuk bilan birgalikda uchinchi o‘rinni egallagan.
2016-yilda u bir seansning o‘zida 48 partiya o‘ynagan va Migel Naydorfni ortda qoldirib, bir seansda o‘ynalgan eng ko‘p partiyalar soni bo‘yicha shaxmat jahon rekordini o‘rnatgan.
Gulruxbegim Toxirjonova
YUTUQLARI
  • - 2018 yilda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi shaxmat chempionatida eng yaxshi sakkiztalikka kirgan
  • - 2019 yilda jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchilari qatoriga
  • - 2019 yildan buyon Missuri shaxmat jamoasi aʼzosi
  • - 2019 yilda shaxmat bo‘yicha O‘rta sharq talabalar chempionatining ikki karra g‘olibi
  • - 2018 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sovrindori
  • - 2015 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati uch karra medal sovrindori
  • - 2017 yilda 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati oltin medal sovrindori
  • - 2011 yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha yoshlar chempionati bronza medali sovrindori
  • - 2016-2018 yillarda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy chempionati ikki karra g‘olibi
  • - Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining sakkiz karra chempioni